OAV Italiyada COVID-19dan o‘limning yuqori darajasi sababini ma’lum qildi

© Sputnik / Alessandro Rota / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Italii v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Corriere della Sera nashri Italiyada koronavirus bilan kasallanishdan o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori statistikasi ehtimoliy sabablarini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Italiyaning Corriere della Sera nashri Italiyada koronavirus bilan kasallanishdan o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori statistikasi ehtimoliy sabablarini aytib o‘tdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Italiyada koronavirus mavjudligini tekshirish strategiyasi materiallarning yetishmasligi va yuqtirganlarning ko‘payishi tufayli o‘zgartirilgan. Shunday qilib, faqat og‘ir alomatlari bo‘lgan va xavf guruhiga kiritilgan fuqarolar tekshirilgan.

Rossiya okajet pomosh Italii v borbe s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiy shifokorlari Italiyaga yetib keldi

Natijada o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlangan holatlarga nisbatan hisoblanadi, ya’ni agar ko‘proq testlar o‘tkazilganida, tasdiqlangan infeksiya holatlari soni bir necha baravar ko‘p bo‘lar edi.

Koronavirusning tarqalishi bo‘yicha Italiya Yevropada birinchi o‘rinda turadi va mamlakat yaqinda qurbonlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Apenninada 60 mingga yaqin infeksiyaga chalinganlar qayd etilgan, 5,4 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

11 mart kuni JSST COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0