Koronavirus tarqalishi nihoyatda tezlashdi - BSST bayonoti

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishSanitarnaya obrabotka v zdanii
Sanitarnaya obrabotka v zdanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbariga ko‘ra, virusni yuqtirish bo‘yicha 100 minginchi holat 67 kunda qayd etilgan bo‘lsa, oradan atigi 11 kun o‘tib, bu ko‘rsatkich 200 ming, yana 4 kundan so‘ng 300 mingga yetgan

TOShKENT, 23 mar — Sputnik, Yelizaveta Isakova. Yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshmoqda, dunyo bo‘yicha 300 mingdan ziyod holat kuzatildi, deb bayonot berdi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQSh koronavirus poygasida yutqazib, jahondagi yetakchilikni boy bermoqda
"Pandemiya tezligi oshmoqda. Birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun o‘tdi, oradan yana 11 kun o‘tib, 200 minginchi ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, 4 kundan so‘ng ushbu raqamlar 300 mingga yetdi".
Tedros Adxanom Gebreyesus

BSST bosh direktori mamlakatlar tomonidan kiritilgan qat’iy choralar koronavirus tarqalishi tezligini pasaytirishini, ammo himoya vositalari va materiallar ishlab chiqarilishi tanqisligini yuzaga keltirishi mumkinligini aytib, ogohlantirdi.

Gebreyesus shuningdek, COVID-19ga qarshi sinovdan o‘tkazilmagan dorilarni qo‘llash xavfiga e’tibor qaratdi.

Ulitsa goroda Uxan v kitayskoy provinsii Xubey - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketdi

"O‘ta samarali dorilarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini va bu borada tanqislik mavjudligini tan olamiz. Ayni vaqtda COVID-19ga qarshi samarali, deb tan olingan dori vositalari mavjud emas. Turfa xil bo‘lmagan kuzatuvlar va tadqiqotlar bizga kerakli bo‘lgan javobni bera olmaydi. Kerakli dalillarga ega bo‘lmagan sinovdan o‘tmagan vositalardan foydalanish yolg‘on umid berishi va foydadan ko‘ra, ko‘proq ziyon yetkazishi, shuningdek, boshqa kasalliklar uchun mo‘ljallangan dori vositalarining tanqisligiga olib kelishi mumkin", - dedi u.

BSST bosh direktori shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va ular eksportini taqiqlamaslik iltimosi bilan "katta yigirmatalik" mamlakatlari yetakchilariga murojaat qilmoqchi. Gebreyesusni fikricha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari himoya vositalari bilan ta’minlanishi o‘ta muhim.

Eslatib o‘tamiz, BSST 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 12,7 mingdan ziyod kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0