TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 43 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
"Ushbu infeksiya aniqlangan fuqaro Istanbulda bo‘lib qaytgani ma’lum bo‘ldi", - deyilgan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonga barcha kuch va vositalar jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi. Ayni damda O‘zbekistonda ushbu infeksiyani yuqtirib olganlar soni 43 nafarni tashkil etmoqda.