Toshkent hokimi taksichilarni yo‘lkirani oshirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatildi. Shaharda faqat dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashilishiga ruxsat berildi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimi yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlariga murojaat qildi.

Ta’kidlanishicha, ular avtomashinalarini poytaxtdagi 8 ta avtobus saroyida, Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovsiz dezinfeksiyadan o‘tkazishlari mumkin.

Yo‘lovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan o‘tmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan o‘tkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

“Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yo‘l haqini oshirib yubormasdan, mo‘’tadil ushlab turish so‘raladi”, - deyiladi Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22-martdan Toshkent shahrida faqat yengil avtomobillar, ya’ni dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashilishiga ruxsat berilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0