Almatov: koronavirus Toshkentdan tashqari Xorazm viloyatida ham qayd etilgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBaxrom Almatov
Baxrom Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bitta holat Xorazm viloyatida qayd etilganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi bilan bitta holat Xorazm viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifing davomida ma’lum qildi.

Bahrom Almatovning efirdan so‘ng ma’lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan va koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Takroriy tekshiruvda, boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan. Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.

Almatov brifing davomida Toshkent shahrida propiskasi bo‘lmagan fuqarolarga qayerda yordam ko‘rsatilishiga oydinlik kiritdi.

Dezinfeksiya v Uzbekistane: kak predotvrashayetsya rasprostranenie virusa - foto - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus komissiya karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan murojaat qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday O‘zbekiston fuqarosi doimiy propiskasidan qat’i nazar zarurat tug‘ilganda eng yaqin davolash muassasiga murojaat qilsa, birinchi yordam ko‘rsatiladi. Agar koronavirusga chalinganlik holati tashxisi qo‘yilsa, respublikadagi barcha davolash muassalarida muolaja ko‘rsatiladi.

Shuningdek, u ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish yoki ishlatilgandan keyin dezinfeksiya qilib, yana ishlatish mumkinmi degan savolga javob berdi.

Bahrom Almatovning ta’kidlashicha, niqoblarni turi va sifatiga qarab ishlatish muddatlari belgilangan. Oddiy niqoblar uch-to‘rt soat ishlatilishi kerak.  Uzoq muddatga 8-10 soatga chidaydigan niqoblarni ham ishlatib bo‘lib, chiqindi qutilariga tashlash va qayta ishlatmaslik lozim.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 43 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0