TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 41 nafarga yetdi.
Yangi bemorlar karantinga olingan shaxslar orasida qayd etilgan.
"Mamlakatimizda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallangan soni 41 nafarga yetdi", - deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonotida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Bu jarayonga barcha kuch va vositalar jalb qilingan.