TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Tojikiston Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan fuqarolarni karantinga yubordi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat IIVga tayangan holda.
Idora xabariga ko‘ra, Tojikistonga yetib kelgan fuqarolar shaxsi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda o‘rnatilgan.
Jumladan, koronavirus bo‘yicha 16 nafar fuqaro karantinga olingan, ular 14 va 15-mart kunlari Istanbul-Toshkent reyslari orqali kelib, Tojikistonga KPPlar orqali kirishgan.
Nashr xabariga ko‘ra, izolyatsiyaga yuborilgan fuqarolar orasida koronavirusni yuqtirgan o‘zbekistonlik bilan aloqa qilganlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda shu paytga qadar koronavirusga chalinganlik bo‘yicha bironta holat qayd etilmadi.
Ammo virus Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlariga kirib bordi. 21-mart 11.00 holatiga ko‘ra Afg‘onistonda - 73 ta, Qozog‘istonda 53ta, Qirg‘izistonda - 12ta, O‘zbekistonda - 37ta koronavirusni yuqtirish holatlari qayd etilgan.