O‘zbekiston elchixonasi Moskva aeroportlarida qolib ketgan fuqarolarga murojaat qildi

© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFGrajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvi
Grajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat haqida bayonot berdi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat haqida bayonot berdi.

Ayni paytda Moskva shahrining “Vnukovo” va “Sheremetyevo” xalqaro aeroportlarida ikki mamlakat o‘rtasida havo, avtomobil va temir yo‘l aloqasi to‘xtatilishi tufayli O‘zbekistonga parvoz qila olmagan O‘zbekiston fuqarolari mavjud.

Elchixona tomonidan “Vnukovo” aeroporti rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida o‘zbekistonliklarning vaqtincha qolishi uchun “B” terminali ajratildi.

© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFGrajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvi
O‘zbekiston elchixonasi Moskva aeroportlarida qolib ketgan fuqarolarga murojaat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Grajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvi

Bu yerda zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jumladan, tibbiyot punkti, hammom va hojatxonalar mavjud, issiq ovqat berilishi yo‘lga qo‘yilgan, mebellar (kreslo, divanlar, stol va stullar) o‘rnatilgan.

Xabarda aytilishicha, kator suhbatlarga qaramay, fuqarolar maxsus belgilangan hududga borishdan bosh tortib, hali hamon “Vnukovo” aeroportida ro‘yxatdan o‘tish nuqtasida qolmoqdalar.

“Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan, mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, iloji boricha tezroq “V” terminalga o‘tishlarini so‘rab qolar edik.

Elchixona “Sheremetyevo” aeroportidagi vaziyatni ham nazorat ostiga olgan hamda hozirda Rossiya hukumati bilan boshqa davlatlardan Moskvaga tranzit orqali uchib kelgan fuqarolarimizni olib chiqish bo‘yicha muzokaralarni olib boramoqda. O‘zbek diasporasi vakillari va homiylar bilan birgalikda o‘zbekistonliklarni issiq ovqat bilan ta’minlash masalasi ham hal etilmoqda.

Yana bir bor Rossiya hududidagi o‘zbekistonliklarni xotirjamlikka chorlab, imkon qadar, ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilgan holda doimiy/vaqtinchalik yashash joyini tark yetmasliklarini so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamizki, 2020-yil 19-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida  vaqtinchalik bo‘lish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular o‘zlari bo‘lgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlari joizdir”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0