O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi

© UzbekkinoAybarchin Bakirova
Aybarchin Bakirova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi. Oybarchin Bakirova 1950-yil 27-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova bugun, 70 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qildi "O‘zbekino" matbuot xizmati.

Oybarchin Bakirova 1950-yil 27-iyun sanasida Andijonda marhum aktor O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan.

Oybarchin Bakirova san’atkorlar oilasida katta bo‘lgani uchun ham yoshligidan aktrisa bo‘lishni niyat qilgan. U o‘rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.

Aktrisa o‘z faoliyatini 1971-yilda "O‘zbekfilm" kinostudiyasida boshlagan. U hammaga tanish bo‘lgan "Tangalik bolalar", "Armon", "O‘yin" va "Farzandim" kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarchin Bakirova o‘z faoliyati orqali 2000-yilda "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0