Rossiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

© PixabayKatalka dlya perevozki bolnix
Katalka dlya perevozki bolnix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada koronavirusga chalingan ayol vafot etdi. U 79 yoshda edi. Ayol o‘tgan haftada shifoxonaga yotqizilgandi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Moskvada koronavirusga chalingan ayol vafot etdi. U 79 yoshda edi. Ta’kidlanishicha, ayolda surunkali kasalliklar ko‘p bo‘lgan.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Ayol 13-mart kuni shifoxonaga yotqizilgandi, keyinchalik Moskvadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar kasalxonasiga jo‘natilgan. U yerda koronavirusga test olingan va unda virus borligi tasdiqlangan.

Ayol izolyatsiya qilinib, davolash ishlari boshlangan. Biroq nafas olish yetishmovchiligi kuchayib bordi.

Shifokorlar ma’lum qilishicha, o‘lim pnevmoniya natijasida sodir bo‘lgan.

Bemorda bir nechta surunkali kasalliklar – diabet (2-toifa), arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka gipertenziyasi, shuningdek buyrakda tosh bo‘lgan.

Endi bemor bilan muloqot qilgan odamlar aniqlangan, ular shifokorlar nazoratiga olindi. 

Yangiliklar lentasi
0