Otabek Umarov koronavirus haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi

© InstagramOtabek Umarov
Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hamkorlik o‘rniga xiyonat naqadar pastkashlik, ammo bu holatda biz bunday harakatlarni milliy xavfsizligimizga tajovuz sifatida baholashimiz mumkin, deb yozgan Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan kishilar topilganini ma’lum qildi.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

"#coronavirusga chalingan yurtimiz fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan kishilar topildi, ularning shaxslari huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan aniqlandi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, hozirda ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilmoqda va bu mutlaqo to‘g‘ri yondashuvdir: sababi davlat, hatto o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini himoya qilishi kerak", deya yozib qoldirgan Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy kanalida. ⠀

Ta’kidlanishicha, IIV va Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi o‘rtasida vahima qo‘zg‘atadigan, asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan 33 ta akkaunt ham aniqlangan.

Odna iz stomatologicheskix poliklinik. Patsiyentov vo vremya karantina stalo menshe. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan qaytgan 528 nafar o‘zbekistonlik karantinga olindi

"Hamkorlik o‘rniga xiyonat naqadar pastkashlik, ammo bu holatda biz bunday harakatlarni milliy xavfsizligimizga tajovuz sifatida baholashimiz mumkin. Men barcha fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni e’lon qilishdan o‘zlarini tiyishga chaqirmoqchiman: siz o‘zingiz istamagan holda, qonunni buzib, qoqilib qolishingiz mumkin. Koronavirusga qarshi axborot kurashiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun bitta iltimos bor: faqat rasmiy manbalardan foydalaning. Ushbu og‘ir kunlarda bu jamoat tinchligini saqlashga yordam beradi, chunki epidemiyaga qarshi kurashish va yaqinlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun bizga sog‘lom fikr, xotirjamlik va kuch kerak", - deb yozgan Umarov.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 19-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0