IIV fuqarolarni soxta dezinfeksiyachilardan ogohlantirdi

© MintransDezinfeksiya v Uzbekistane: kak predotvrashayetsya rasprostranenie virusa - foto
Dezinfeksiya v Uzbekistane: kak predotvrashayetsya rasprostranenie virusa - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qilmoqda. Bunday holatlarda “102” qisqa raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qildi. Chunki ular koronavirus infeksiyasiga qarshi dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish bahonasida jinoyat sodir etish maqsadida kelgan bo‘lishlari mumkin.

“Biroq shunday kimsalar borki, bunday vaziyatdan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilishadi. Ularning asosiy nishoni aholining eng zaif qatlami bo‘lgan qariya va bolalar ekani achinarli holat, albatta”, - deya yozgan IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Uning ta’kidlashicha, begonalarni ular hato koronavirus infeksiyasiga qarshi dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishimiz kerak deganda ham uyga kiritmaslik lozim. Bu shunchaki bahona bo‘lishi mumkin.

“Bu kabi talab bilan uyingizga biron bir kimsa kelgan taqdirda “102” qisqa raqamiga yoki hududingizda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0