Epidemiya bilan bog‘liq vaziyatda ko‘ngillilar xayriya ishlariga hissa qo‘shishmoqda

© REUTERS/Jose CabezasMeropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa
Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida ko‘ngillilar tibbiyot niqoblarini ixtiyoriy ravishda bepul tarqatish yoki arzonlashtirilgan narxlarda sotishga qo‘l urishdi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi epidemik holat va niqoblar tanqisligi bilan bog‘liq vaziyatda ko‘ngillilar o‘z ixtiyorlari bilan xayriya ishlariga hissa qo‘shishmoqda.  

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Ulardan biri — Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi Oydinoy ismli ayol o‘z hisobidan niqoblar tikib, xalqqa tarqatmoqda. U dorixonalardagi tibbiyot niqoblarining tanqisligiga befarq qarab tura olmadi, kasallikka qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shishga bajonidil bel bog‘ladi.

"Aptekalarga kirganingiza niqoblar tanqisligi vujudga keldi,  narxlar oshib ketdi.  Shu bois o‘zim arzonroq tushadi degan o‘yda doka olib kelib, niqoblar tikishga kirishdim. Menga o‘xshagan qanchadan-qancha chevarlar bor, ayni kerak paytda asqotaylik...

Hamma birdek kurashsa, kasallikning oldini olishga erishamiz," – deydi u.

Ayol urush vaqtlarida o‘zbeklarning front ortida xizmat qilgan fidoiylar uchun liboslar tikib, ularga yuborilganligi, shu orqali yurt tinchligi uchun kurashgan askarlarni qo‘llab-quvvatlaganliklarini eslaydi va o‘sha paytlarni hozirgi epidemiya bilan bog‘liq vaziyatga qiyoslaydi. Shu qatorda kasallikning oldini olish uchun boshqalarni ham birdamlikka chaqiradi.

Shuningdek, Farg‘onada ham bepul tibbiyot niqobi aksiyasi o‘tkazilmoqda va dorixonalardan biri xayriyaga hissa qo‘shmoqda.

Holat aks etgan suratlar birin-ketin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi yana bir dorixonalardan biri tibbiyot niqoblarini bepul tarqatmoqda.

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi xususiy korxonaga qarashli dorixona tibbiyot niqoblarini arzonlashtirilgan narxlarda sotmoqda.

Andijondagi dorixonalardan biri — "Biz xalqim deymiz, xalqum emas" shiori ostida tibbiyot niqoblarini arzonlashtirgan narxlarda sotmoqda.

Dang‘arada mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda MChJlardan biri yordam tariqasida tikilgan niqoblarni tuman markazida bepul tarqatmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0