Qirg‘izistonda ham koronavirus bilan bemorlanganlar aniqlandi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishAlleya molodeji i panaramniy vid na gorod Bishkek
Alleya molodeji i panaramniy vid na gorod Bishkek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan uch bemor qayd etildi. Shu paytga qadar Markaziy Osiyo davlatlarida faqat Qirg‘iziston va Tojikistonda ushbu virus aniqlanmagan edi.

TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlik bo‘yicha ilk uch holat qayd etildi. Bu haqda chorshanba kuni respublika sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston.

Yozgacha bartaraf etilmasa, koronavirus chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi?

"Uch nafar bemor aniqlandi. Ularning barchasi - Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanidan va hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan", - degan vazir shoshilinch chaqirilgan matbuot-anjumanida.

Koronavirusga chalingan bemorlarning yoshi — 70 yosh, 62 yosh va 46 yosh. Vazir so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar yaqinda Saudiya Arabistonidan Haj safaridan Qirg‘izistonga qaytga bo‘lishgan.

"Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Vahima qilish uchun asos yo‘q. Bizda barcha imkoniyat bor. Bu holatlar biz uchun kutilmagan emas. Biz bunga uch oy davomida tayyorgarlik ko‘rib keldik", — degan Cholponbayev.

Xabarda aytilishicha, bemorlar bilan bir reysda 135 kishi uchib kelgan, ularning hammasi tekshirilmoqda, hozirda 90 nafari izolyatsiyaga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 200 mingga yaqin inson koronavirus bilan bemorlangan, ularning 80 mingga yaqini shifo topgan, 7 mingdan ziyodi vafot etgan. Koronavirus 155 ta davlatga kirib borgan.

Yangiliklar lentasi
0