Bundestagda koronavirus tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashga chaqirishdi

© Sputnik / Savelyev Vitaliy / Mediabankka o‘tishBundestag
Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senator fikricha, koronavirus katta miqyosga chiqsa, yevropaliklar o‘zlarining rusofob pozitsiyalarini yengib o‘tishga majbur bo‘ladilar.

TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Bundestagning xalqaro qo‘mitasi a’zosi Valdemar Gerdt Germaniya Rossiya bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi va yangi koronavirus pandemiyasi fonida Moskvaga nisbatan samarasiz sanksiyalarni olib tashlashi kerakligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti "Izvestiya"ga tayanib habar bermoqda.

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik O‘zbekiston
Bir sutkada Rossiyaning yana 15 viloyatida koronavirus aniqlandi

Uning fikricha, davlatlar qiyin damlarda bir-birlariga yordam berishlari kerak. Deputat prognoziga ko‘ra, hozirgi inqiroz Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga og‘ir zarba yetkazishi mumkin.

"Sanksiyalarni koronavirus tufayli vujudga kelgan inqirozdan oldinroq bekor qilish kerak edi. Ammo bugun, chegaralar yopilganida bu yanada dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda", - deydi Gerdt.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlari Rossiya bilan savdo-sotiqni qayta tiklashi kerak, bu butun iqtisodiy tizimga foyda keltiradi. Gerdt Bundestag xalqaro qo‘mitasining keyingi yig‘ilishida ushbu masalani ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii. - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

Bundestagning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha Chap qanot fraksiyasi rasmiy vakili Aleksander Noy ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

"Hukumat dolzarb muammolarni hal qilishga e’tibor qaratishi kerak. Rossiyaga qarshi sanksiyalar, foydasiz, ayniqsa, hozirgi sharoitda", - deb hisoblaydi siyosatchi.

Federatsiya Kengashi a’zosi Aleksey Pushkov nashrga bergan intervyusida, bu g‘oyani Germaniya kansleri Angela Merkel pozitsiyasi tufayli amalga oshirish murakkab kechishini aytdi - chunki Merkel cheklovlar masalasini mudom Donbassdagi vaziyat o‘z yechimini topishi bilan bog‘lab keladi.

Senator fikricha, koronavirus katta miqyosga chiqsa, yevropaliklar o‘zlarining rusofob pozitsiyalarini yengib o‘tishga majbur bo‘ladilar.

Yangiliklar lentasi
0