Jamiyat

Oʻquvchilarga uy sharoitida darslar oʻtiladi

© Sputnik / Said Tsarnayev /  / Mediabankka oʻtishPrepodavatel v auditorii shkolы
Prepodavatel v auditorii shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ota-onalarga imkon qadar odam koʻp boʻlgan jamoat joylaridan bolalarni uzoq tutish kerakligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Koronavirus epidemiyasining tarqalishi va oldini olish maqsadida taʼtilga chiqarilgan maktab oʻquvchilari uchun uy sharoitida darslar oʻtib boriladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Sherzod Shermatov ota-onalarga imkon qadar odam koʻp boʻlgan jamoat joylaridan bolalarni uzoq tutish kerakligini taʼkidladi.

"Bolalarimizni begonalar, odamlar koʻp yigʻiladigan joylardan asrashimiz kerak boʻladi. Bu oʻzimiz uchun ham, har bir farzandimiz xavfsizligi uchun ham foyda," deydi u.

Shuningdek, vazir taʼtilning qancha muddatgacha davom etishi yoki oʻqishning qachon qayta boshlanishi masalasi hukumat darajasidagi komissiya qarori bilan hal etilishini bildirdi.  

Ungacha taʼtilda boʻlgan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratish maqsadida har bir fanlar boʻyicha 1 sinfdan 11 sinfgacha oʻzbek va rus tillarida darslar oʻtib boriladi.

Darslar esa malakali oʻqituvchilar tomonidan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallari orqali avvaldan yozib olingan boʻlib, rus va oʻzbek tillarida namoyish etib boriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0