Jahon bozorida neft narxi 5%dan ko‘proq oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishNeftanoe mestorojdenie im. V. Filanovskogo
Neftanoe mestorojdenie im. V. Filanovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun tongad jahon birjalarida neftning Brent navining may oyi fucherslari 5,23 % ga o‘sib, bir barrel uchun 31,17 dollarni tashkil etdi.

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Qulashdan keyin neftning jahon narxlari tiklanmoqda, savdolar ma’lumotlariga ko‘ra, Brent va WTI narxi besh foizdan oshiqroqqa oshdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Moskva vaqti bilan 4:02 holatiga ko‘ra, WTI navi uchun aprel fucherslari 5,10 foizgacha ko‘tarilib, bir barrel uchun 30,48 dollarni tashkil etmoqda. Brent navining may fucherslari 5,23 foizga o‘sib, bir barrel uchun 31,17 dollarni tashkil etdi.

Vaholanki, kecha Brent narxi birdaniga 12% dan oshiqroqqa arzonlar bir barrel uchun 30 dollarga tushib ketib va 4-yillik eng past ko‘rsatkichni yangilagan edi. WTI narxi 10 foizga pasaydi.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Dunyo fond birjalarida neft narxlari atrofidagi vaziyatga koronavirus epidemiyasi sabab bo‘lgan beqarorlik ta’sir ko‘rsatmoqda. Neft savdogarlari ko‘rilayotgan choralar dunyo iqtisodiyotidagi retsessiyani va neft qazib olishdagi vaziyatni oldini olmaydi degan hadikda (6 mart kuni OPEK+ davlatlari uni kamaytirish uchun bitimni uzaytirishga kelisha olishmadi).

Dushanbaga o‘tar kecha AQSh Federal Rezervi va Yaponiya markaziy banki pul-kredit siyosatining yangi yumshatilishini e’lon qildi. Avvalroq, qo‘llab-quvvatlash choralari Xitoy, Buyuk Britaniya va yevro hududi markaziy banklari tomonidan e’lon qilingan edi. Bundan tashqari, YeSB (Yevropa Markaziy Banki) inqiroz davrida kredit berishni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 milliard yevroga yaqin bank mablag‘larini chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0