TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari xorijda qolib ketgan vatandoshlarga charter aviareyslar bilan vatanga qaytishlarida ko‘maklashadi. Fuqarolar vatanga qaytishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lishlari shart. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.
Vazirlik xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmasligini eslatib o‘tgan.
Davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.
2020 yil 16-martdan O‘zbekistonga chet el fuqarolarining kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorning kuchga kirganligi munosabati bilan elektron ko‘rinishdagi vizalarni rasmiylashtirish va berish tizimi faoliyati, ularni xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda berilishi to‘xtatildi.
Diplomatik vakolatxonalarga xorijlik sheriklarga o‘z fuqarolarini O‘zbekistondan vatanlariga olib chiqib ketishga ko‘maklashish uchun hukumat tomonidan barcha choralar ko‘rilishini yetkazish to‘g‘risida topshiriq berildi.
O‘z navbatida, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hozirda O‘zbekistondan Rossiya fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus bort tashkillashtirilayotganini ma’lum qildi. Elchixona O‘zbekistonni tark etmoqchi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqda. To‘ldirilgan so‘rov varag‘ini konsullik bo‘limining quyidagi elektron manziliga consul.tashkent@mid.ru yuborish mumkin.