Usmonxon Alimov diniy marosimlarni o‘tkazish tartibi haqida bayonot bilan chiqdi

© Mejdunarodniy press-klubUsmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy
Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan respublika musulmonlarga murojaat bilan chiqdi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov "O‘zbekiston 24" telekanalida diniy marosimlarni o‘tkazish tartibi haqida bayonot berdi.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
TIV AQSh va Kanadada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan respublika musulmonlarga murojaat va chaqiriq bilan chiqdi.

“1. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qisinlar. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.

2. Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin.

3. Masjidlarda namoz vaqtini bildirish uchun azon o‘z vaqtida aytilsin.

4. Mo‘min-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shsinlar.

5. Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan ushbu kasallikni daf qilishini so‘rab, ixlos bilan iltijo qilishlari lozim.

6. Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini olish borasidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish har bir musulmonning vazifasidir.

7. Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfeksiya ishlari o‘tkazilsin.

8. Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni narxini oshirish, sun’iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o‘rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar’an haromdir.

Ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boshqa o‘lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilindi”, - deyilgan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0