Chegaralarni yopish O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda yordam beradimi – immunolog fikri

© Foto : iz arxiva JemchugovaEkspert doktor meditsinskix nauk, vrach immunolog Vladislav Jemchugov
Ekspert doktor meditsinskix nauk, vrach immunolog Vladislav Jemchugov   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston chegaralarni yopish va boshqa davlatlar bilan transport qatnovlarini to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi. Tibbiyot fanlari doktori, immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugovning ishonchi komilki, bunday choralar o‘z samarasini beradi.

COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish maqsadida 16-martdan boshlab O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kasallik o‘chog‘ini bartaraf etish epidemiyaga qarshi eng samarali choradir.

“Har qanday holatda ham bu yaxshi, chunki virus zanjirini to‘xtatib qolishga imkon beradi. Qat’iy choralar joriy etilgan mamlakatlarda ular o‘z samarasini allaqachon bergan. Lekin hamma ham epidemiya ko‘lamini o‘z vaqtida baholamadi: kimdir g‘aftatda qoldi, kimdir cheklov kiritmadi. Eron va Italiya shu darajada virus tarqalib ketishini hatto tasavvur qila olishmagan edi. Biroq ijobiy o‘rnaklar ham bor – ilk kasallik ilk qayd etilishi bilanoq vaziyatni nazoratga olayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya”, - deya ta’kidladi Jemchugov.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

Immunolog agar aholisining qolgan qismining COVID-19ga qarshi immuniteti yo‘qligini hisobga olsa, Xitoyda kasallikning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini istisno qilmadi. Shu bois chegaralarni muddatidan ilgari ochmaslik darkor. Buni sog‘ayib ketganlar soni yangi qayd etilgan holatlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lgandagina qilish mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 171 mingdan oshib ketgan. 77 mingdan ziyod kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 6642 kishini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 6 ta holat rasman tasdiqlangan. Hozir ular kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlar nazorati ostida.

Mutaxassisning to‘liq izohini Sputnik podkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Jemchugov: zakritiyem granis strani prervut sepochki koronavirusa
Yangiliklar lentasi
0