Bugun “Riga-Toshkent” yo‘nalishidagi samolyot Namanganda qo‘nadi

© Uzbekskie avialiniiVstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta
Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun “Riga – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lgan HY104 qatnovi Namangan shahriga keladi. yo‘lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 2020-yil 16-mart kuni Riga - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lgan HY104 qatnovi Namangan shahriga keladi. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi, deb xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
TIV AQSh va Kanadada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

“Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 16-martdan boshlab “Toshkent – Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.

Yangiliklar lentasi
0