AQSh sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusga tayyor emas, deb hisoblaydi Sanders

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBivshiy kandidat v prezidenti SShA, senator Berni Sanders
Bivshiy kandidat v prezidenti SShA, senator Berni Sanders - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sandersning so‘zlariga ko‘ra, har yili Qo‘shma Shtatlarda epidemiya bo‘lmagan vaqtda ham 60 ming kishi shifokor qabuliga o‘z vaqtida bora olmasliklari sababli vafot etadi.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlikka da’vogar senator Berni Sanders AQSh sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus epidemiyasi bilan kurashishga tayyor emasligini ma’lum qildi.

“Biz tayyor emasmiz va tayyor bo‘lmaganmiz ham, chunki bizda tizimning yo‘q. Bizda minglab sug‘urta (tibbiy) rejalar mavjud, ular barcha odamlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga tayyor tizim emas”, - dedi Sanders boshqa bir prezidentlikka nomzod - vitse-prezident Jo Bayden bilan televizion munozarada. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan nemis olimlarini og‘dirishga urinmoqda

Sandersning so‘zlariga ko‘ra, har yili Qo‘shma Shtatlarda epidemiya bo‘lmagan vaqtda ham 60 ming kishi shifokor qabuliga o‘z vaqtida bora olmasliklari sababli vafot etadi.

“Bu (koronavirus bilan bog‘liq) inqiroz vaziyatni yanada yomonlashtirishi aniq”, - deb qo‘shimcha qildi senator.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda AQShda 3,2 mingdan ortiq koronavirus holati qayd etilgan, 62 kishi vafot etgan.

Bayden va Sanders debatlari dastlab Arizonaning Finiks shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli AQSh saylovlari tarixida birinchi marta debatlarni CNNning Vashingtondagi studiyasida tomoshabinlarsiz va  uchta televizion boshlovchilar bilan o‘tkazishga qaror qilindi.

Yangiliklar lentasi
0