TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻz farzandini kaltaklayotgan ayol videotasviri yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha poytaxning Uchtepa tuman idoralararo komissiyasi dastlabki surishtiruv ishlarini olib bordi.
Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat tumandagi Koʻhna Choʻpon ota mahallasida joylashgan “Al-Hilol” restorani oldida sodir boʻlgan. Kaltaklangan qizaloqning salomatligi qoniqarligi aytilmoqda.
Taʼkidlanishicha, fuqaro R.F. farzandi R.K.ni kaltaklagani uchun afsusda ekanligini bildirgan. Shuningdek, bu holat takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish xatini yozib bergan.

Hozirda barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman huquqni muhofaza etuvchi organlarga huquqiy baho berilishi va qonuniy chora koʻrish uchun yuborilgan.