TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi chet elda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari va boshqa mamlakatdagi boshqa davlatlar fuqarolariga murojaat qildi.
“Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan oʻtish taqiqlanmaydi. Oʻzbekiston hududiga kirishga qoʻyilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish boʻyicha vaqtincha taqiq Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli boʻlib, hozirda mamlakatda boʻlib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 16 martdan Oʻzbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin boʻladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda boʻlishlari talab etiladi.