Hodisalar

Buxorodagi tungi reydda 5 ta fohishalik bilan shugʻullanish holati aniqlandi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Buxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi. Uning davomida jami 330 nafar shaxslar ichki ishlar boʻlimlariga olib kelindi. Shulardan 100 dan ortigʻi qiz bolalar.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. 9-11 mart kunlari Buxoro viloyatidagi tungi klub, kafe bar, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Reydlar Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, viloyatning barcha tumanlari hududida Buxoro viloyati IIB, Milliy gvardiya, Mahalla, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan.

Taʼkidlanishicha, tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad tungi vaqtlarda sodir etiladigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning oldini olish, ayniqsa tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlarga yoʻl qoʻymaslikdan iborat boʻlgan.

Olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 330 nafar shaxslar ichki ishlar boʻlimlariga olib kelingan. Ularning 100 dan ortigʻini qiz bolalar tashkil qilgan.

© Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiBuxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.
Buxorodagi tungi reydda 5 ta fohishalik bilan shugʻullanish holati aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.

Tungi koʻngilochar joylarda yurgan yosh oʻgʻil-qizlar bilan Yoshlar ittiqofi va psixolog xodimlar tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, oilaviy yashash sharoitlari, nima sababdan bemahalda (tungi soatlarda) bunday joylarda yurganliklari oʻrganildi.

© Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiBuxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.
Buxorodagi tungi reydda 5 ta fohishalik bilan shugʻullanish holati aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.

Tungi klub va boshqa koʻngilochar joylar egalari hamda masʼullariga voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etmaslik, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz boʻlishlariga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida tushuntirilib, ogohlantirish ishlari olib borildi.

© Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiBuxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.
Buxorodagi tungi reydda 5 ta fohishalik bilan shugʻullanish holati aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro viloyatidagi tungi klub, restoran, chilimxona va boshqa koʻngilochar joylarda tungi reydlar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188-2-moddasida koʻrsatilgan 4 ta (voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish) huquqbuzarlik hamda 5 ta fohishalik bilan shugʻullanish holatlari aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0