O‘zbekiston yana bir nechta davlat bilan aviaaloqalarni cheklamoqda - OAV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTurnir po djip-trialu vo vtoroy raz sostoyalsya v Uzbekistane. Sorevnovanie proshli na okraine Tashkenta mejdu ozerom Baxt i golf-klubom.
Turnir po djip-trialu vo vtoroy raz sostoyalsya v Uzbekistane. Sorevnovanie proshli na okraine Tashkenta mejdu ozerom Baxt i golf-klubom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy etilayotgan cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalari, shuningdek, sanab o‘tilgan olti davlatda doimiy istiqomat qiluvchi, biroq O‘zbekistonga tashrif buyurganga qadar 14 kun davomida ushbu mamlakatlarga tashrif buyurmagan fuqarolarga taalluqli emas

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. O‘zbekiston 14-martdan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan avialoqalarni to‘xtatadi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar o‘zining Hukumatdagi manbasiga tayangan holda.

Glava administratsii Gonkonga Kerri Lam v meditsinskoy maske na press-konferensii  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni Uxanga amerika harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkin - Xitoy TIV

"14 mart kuni 00:00 dan boshlab O‘zbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan avialoqalarni to‘xtatadi. Ushbu qaror 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida qabul qilindi", deya xabar berdi "Gazeta.uz" nashri o‘zining hukumatdagi manbasiga tayangan holda.

Xuddi shu kundan boshlab chegara o‘tkazish punktlari orqali Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari hamda ushbu mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarga tashrif buyurgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirishi vaqtincha cheklanadi.

Joriy etilayotgan cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalari, shuningdek, sanab o‘tilgan olti davlatda doimiy istiqomat qiluvchi, biroq O‘zbekistonga tashrif buyurganga qadar 14 kun davomida ushbu mamlakatlarga tashrif buyurmagan fuqarolarga taalluqli emas.

Zarurat tug‘ilgan taqdirda, sanab o‘tilgan davlatlardan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlik va idoralarga Covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar rahbarlar va xodimlarga chet el safarlarini imkon qadar cheklash tavsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0