Bahodir Qurbonov Tojikistonda o‘tkaziladigan spesnaz mashg‘ulotlariga keladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinistr oboroni general-mayor Baxodir Kurbanov
Ministr oboroni general-mayor Baxodir Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston Harbiy Kuchlarining maxsus kuchlari bo‘linmalari Dushanbe yaqinida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov 14-mart kuni Tojikistondagi "Faxrobod" harbiy poligoniga keladi. U yerda O‘zbekiston va Tojikiston maxsus qo‘shinlarining qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi "InfoShOS".

Patrioticheskiy rolik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari rahbarlari — Sherali Mirzo va Bahodir Qurbonov — mashg‘ulotlarning faol ishtirokchilariga esdalik sovg‘alarini topshiradilar. Sal keyin vazirlar mamlakatlar o‘rtasida harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbedan 30 kilometr janubroqda joylashgan "Faxrobod" poligonida bo‘lib o‘tayotgan mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi spesnaz qo‘shinlari rotasi va Tojikiston Qurolli kuchlarining uch rota maxsus qo‘shinlari qatnashmoqda.

Harbiylar mashg‘ulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib o‘tgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurollar yordamida yakson qilishni rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0