Koronavirusdan bo‘shab qolgan tumanda yuzlab maymunlar o‘rtasida jang yuz berdi - video

© REUTERS / Ognen TeofilovskiMama-gibbon s detenishem v zooparke makedonskogo goroda Skopye
Mama-gibbon s detenishem v zooparke makedonskogo goroda Skopye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi Tailandga turistlar oqimini keskin qisqartirdi, endilikda och jonivorlar yegulik istab qishloqlarga kelishga majbur.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Tailandning Muang Lopburi tumanida yuzlab och maymunlar bir-biri bilan jang qilib, mahalliy aholini shok holatga soldi.

Yuz bergan voqea videosini Facebookda Sasaluk Rattanachay nikli foydalanuvchi joylagan. Kadrlarda och maymunlar galasi shahar ko‘chalarini to‘ldirib tashlagani aks etgan.

Mahalliy yashovchilar so‘zlariga ko‘ra, videoda ikkita raqib guruhdan iborat maymunlar jangi tasvirlangan.

"Odatda, hech bir guruh o‘zga hududga ko‘z tikmaydi, ammo yegulik yetishmovchiligi maymunlarni ushbu qoidani buzishga majbur etdi", - deya tushuntiradi mahalliy aholidan biri.

The Bangkok Post nashri xabar berishicha, hodisa 11-mart kuni yuz bergan. Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi mamlakatda turistlar oqimini qisqartirdi va och jonivorlar yegulik istagida qishloqlarga tushib kelishga majbur bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0