Hindiston chet el fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Indiya
Strani mira. Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vizalar berish va avvalgi vizalarning amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish holati joriy yilning 13-mart kunidan 15-aprel sanasigacha kuzatiladi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Hindistonda chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avvalgi berilgan vizalarning amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Parranda, cho‘chqa va yangi. O‘tgan pandemiya nimani o‘rgatdi

Vizalar berish va avvalgi vizalarning amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish holati joriy yilning 13-mart kunidan 15-aprel sanasigacha kuzatiladi.

Bu haqda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Hindiston hukumati qaror qilgan bo‘lib, Hindiston eshigi faqat diplomatlar va BMT xodimlari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmagan holda Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda.

Xitoy, Italiya, Eron, Koreya respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar.

Yangiliklar lentasi
0