TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Meksika politsiyasi juma kuniga o‘tar kechasi mahalliy taksi haydovchisining tilka-pora qilingan jasadini aniqladi. Erkak tanasida yorilgan va kesilgan izlar bo‘lgan, deb xabar qilmoqda "Planeta novostey" portali.
Ushbu hodisadan so‘ng mahalliy aholi hukumatga to voqea sababi aniqlanmagunga va jinoyatchi qo‘lga olinmagunga qadar barcha maktablarni yopish talabi bilan murojaat qildi.
Sud ekspertlari jasad 56 yashar Melchor Anselmo Delgadoga tegishli ekanligini va u 1-mart kuni vahshiylarcha o‘ldirilganligini aniqladilar. Erkak dam olish kuni Valye-de-Bravo shaharchasidagi Avandaro ko‘li yoqasida joylashgan uyiga borishni rejalashtirgan va uni qaytib hech kim ko‘rmagan.
Melchor oilasi jurnalistlarga halok bo‘lgan erkakka tan jarohatlari tishlar va tirnoqlar yordamida yetkazilganini ma’lum qilgan. Politsiya ham meksikalik o‘zini hayvondan himoya qila turib, halok bo‘lganini tasdiqlagan.
Erkakka chuqur jarohat yetkazilishi va uning o‘limiga sabab bo‘lgan holat bu mahluq tirnoqlarining 7 santimetrga teng bo‘lganidir. Erkak o‘limiga mahalliy kengliklarda yashovchi chupakabra sabab bo‘lgani aytilmoqda.