Moskvadan to‘rt yuz kilometr janubiy-g‘arbga (poyezdda to‘rt soat) - va siz Smolenskdasiz. Shaharni ba’zan Rossiyaning Qal’a devori ustida va minoralar bo‘ylab u yerni tomosha qilish sayyohlar uchun dasturning majburiy qismidir. Kunduzi 900 yoshli ibodathonalarni ko‘rishingiz, sovg‘a sifatida Vazma praniklari va mahalliy firmali paypoq sotib olishingiz va kechqurun djazni tinglashingiz mumkin. Smolenskda unutilmas dam olish kunini qanday o‘tkazish kerak - RIA Novosti foto lentasida.
Yana biri bo‘yicha, bu "varaglardan yunonlarga olib boradigan yo‘lda"gi yirik savdo markazi bo‘lgan. Bu yerda qayiqlar qurishda ishlatilgan saqich (smola-tahr.) ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi.
Aylana qal’a devori XVI asr oxirida qurilgan. Uning katta qismini 1812-yilda Moskvadan chekinayotgan Napoleon askarlari yo‘q qilishgan.
" Istehkomning butun aylanasi bo‘ylab (u 6,5 kilometr) piyoda va tepaliklardan pastga qarab albatta yuring. Siz Smolensk yonida turgan dushman kabi his-tuyg‘ularni his qilasiz", - deb maslahat beradi gid Natalya Mixaylovskaya. Ammo shoshilish kerak: 2021-yilda binoni tiklash rejalashtirilgan.
Ularning balandligi va shakli xudud relyefiga qarab belgilangan. Ko‘plarining ostida qamal paytida istehkomlardan tashqariga chiqish uchun uchun tuynuklar bo‘lgan. 38 minoradan 18tasi saqlanib qolgan.
Vladimir Monomax paytida XII asrda qurilgan cherkov, chekinayotgan bosqinchilar yaqinida joylashgan porox omborlarini portlatganda qulab tushdi. Biroq, mehrob va bezak qismlari saqlanib qoldi.
Sobor, u yerda shaharning homiysi - avliyo Merkuriy Smolenskiyning qoldiqlari va uning temir poyafzali saqlanishi bilan mashhur.
Smolenskda XII asrning uchta ibodatxonasi saqlanib qolgan – mo‘g‘ul bosqinigacha bo‘lgan davrning me’moriy yodgorliklari. Va ularning barchasi faol, deydi gid Svetlana Bichkova. Bular Gorodankadagi Potr va Pavel, Bogoslov Ioan va Arxangel Mixail (bu yana Svirskaya deb ham ataladi) cherkovlari.
"Shahar Rossiyaning eng yashil o‘nta shahariga kiradi. Parklar va hiyobonlar tarixiy markazda joylashgan, qal’a devorining ichida ikkita bog‘ bor: Blonye va Lopatinskiy, - deb tushuntiradi Svetlana Bichkova. - Bu yerda 1812-yilda shaharni himoya qilinishiga bag‘ishlangan eng Smolensk qadimiy yodgorligi joylashgan. U 1845-yilda o‘rnatilgan. "
Rasman Blonye bog‘i hozirda Mixail Glinkaning sharafiga nomlangan – u Smolensk guberniyasida tug‘ilgan. Bronza haykali - bastakorning birinchi haykali, u 1885-yilda ixtiyoriy xayriyalarga qurilgan. Dinamiklar orqali taniqli smolensklikning asarlari uzatiladi. Bog‘ning markazida atrofida piyoda yo‘laklari bor musiqiy favvora mavjud.
O‘n besh yil oldin, qal’a devori yonida fashist konslagerlar asirlari bo‘lgan bolalar uchun "Kuygan gul" yodgorligi paydo bo‘ldi.
Ulug‘ Vatan urushi tarixiga shu nomli muzey bag‘ishlangan. "U yerda sizga har hil davrdagi qurollarni namoyish etishadi va ulardan qanday foydalanishganligini aytib berishadi", - deydi Natalya Mixaylovskaya.
Shuningdek, shaharda XV va XVI asrlarga oid ikonalar, Shishkin, Polenov, Repin, Surikov, Levitan, Vrubel, Korovin, italyan va golland rassomlarning rasmlari namoish etilgan badiiy galereyaga tashrif buyurishingiz kerak.
"Arxitektura ixlosmandlari Smolenskka albatta tashrif buyurishlari kerak: bu yerda eklektizm, modernizm, konstruktivizm bor. Urushdan keyin binolar qayta tiklandi", - deydi Mixaylovskaya. - Ammo yog‘ochdan yasalgan yodgorliklardan faqat hotiralar qoldi".
"Men sayyohlarga albatta Mayakovskiy bariga borishni maslahat beraman – juda ham ihcham, oshxonasi juda yaxshi, mavsumiy taomlari va shirinliklari bilan, - davom etadi Mixaylovskaya. – U yerda shanba oqshomlarida jazz konsertlarini uyushtiriladi. Deraza tokchasi-stolda o‘tirib, oynaga tushgan yomg‘ir tomchilariga qarab orzu qilishingiz mumkin".
Del Mar ustritsa bari o‘ziga xos joy. "Mollyusklarning tanlovi katta, hammasi yangi", - deya ta’kidlaydi Natalya. - Agar siz "Go‘zal honimcha"dagi Julia Robertsning qahramoni kabi, stolning notanish anjomlarini ko‘rib hayratga tushsangiz ham, sizga ulardan foydalanish o‘rgatiladi".
Smolenskdan magnitlar, otkritkalar, shahar manzaralari aks etgan sopol buyumlar bilan bir qatorda noodatiy suvenirlarni ham olib kelishadi. Masalan, inqilobdan oldin Tula praniklaridan ham mashhurroq bo‘lgan Vazma praniklari - xushbo‘y asal va yong‘oqli, shakarlangan mevalar, yong‘oq yoki bodomli, deya sanab o‘tadi Svetlana Bichkova. "Pushkin bu shirinlik haqida shunday yozgan: Vazma o‘zining praniklari bilan mashhur bo‘lgani kabi Moskva o‘zining kelinlari bilan mashhur", - deya qo‘shimcha qiladi u.
Smolensk konfektlari – aynan knfeKTlari - bu shakar siropidagi mevalar, asosan olma va nok. Qadimiy texnologiyalar asosida tayyorlangan tabiiy va mazali mahsulot. Bu yerda yana anjir, pastila, tarkibiga faqat kakao lobviyasi va shakar-qamish qo‘shilgan shokolad.
Bundan tashqari Smolenskdan olmoslar ham olib kelishingiz mumkin – bu yerda eng katta olmosni qayta ishlash korxonasi joylashgan, deydi Natalya Mixaylovskaya.
Va bularning hammasiga qo‘shim paypoq sotib oling. Mahalliy paypoq fabrikasi kosmonavtlar uchun ham maxsus mahsulotlar ishlab chiqaradi.