O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida mavqeyini sezilarli yaxshiladi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatgichga erishgan: ayrim ko‘rsatgichlar bo‘yicha dunyoda yetakchi pog‘onalarni egallagan.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilgi qonun ustuvorligi reytingida mavqeyini to‘rt pog‘onaga yaxshiladi.

World Justice Project xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligi yangi jahon reytingini e’lon qildi.

Joriy yilda O‘zbekiston umumiy reytingda 128 ta mamlakat ichida 92-o‘rinda qayd etilgan.

© World Justice ProjectPozitsii Uzbekistana v indekse verxovenstva zakona-2020.
O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida mavqeyini sezilarli yaxshiladi - Sputnik O‘zbekiston
Pozitsii Uzbekistana v indekse verxovenstva zakona-2020.

So‘nggi bir necha yil ichida respublika ayrim ko‘rsatgichlar bo‘yicha o‘z mavqeyini sezilarni darajada yaxshilagan:

  • tartib va xavfsizlik (dunyoda 11-o‘rin va MDH mamlakatlar orasida 1-o‘rin);
  • korrupsiya yo‘qligi (bir yil ichida mamlakat 6 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 89-o‘rinni egallagan).
© Ministerstvo finansov UzbekistanaUzbekistan uluchshil svoi pozitsii po indeksu verxovenstva zakona-2020
O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida mavqeyini sezilarli yaxshiladi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan uluchshil svoi pozitsii po indeksu verxovenstva zakona-2020

MDH mamlakatlar orasida O‘zbekiston eng yaxshi sur’atni ko‘rsatgan.

Joriy yilda hisobotdagi mamlakatlar soni 128 taga yetgan (Kosovo va Gambiya qo‘shilgan).

WJP qonun ustuvorligi reytingi hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari asosida tuziladi.

Yangiliklar lentasi
0