“Hazorasp” EIZda 2020-yilda to‘rtta korxona ishga tushadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ "Xazorasp"
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ Xazorasp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ "Xazorasp"
“Hazorasp” EIZda 2020-yilda to‘rtta korxona ishga tushadi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ "Xazorasp"

Prezident bu kabi zamonaviy kompaniyalarni ko‘paytirish orqali viloyatda yetishtiriladigan paxta xomashosini to‘liq qayta ishlash, faqat tayyor mahsulot eksport qilish zarurligini ta’kidladi. 

“Joriy yilda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan”, - deyiladi xabarda.

Shu yerda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Mirziyoyev ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ "Xazorasp"
“Hazorasp” EIZda 2020-yilda to‘rtta korxona ishga tushadi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu inostrannogo predpriyatiya “Develop Textile” v SEZ "Xazorasp"

“Hazorasp” EIZ umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan.

“Develop Textile” xorijiy korxonasi hududidagi istiqbolli loyihalardan biri. Bu yerda yiliga 4 ming tonna bo‘yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0