Iordaniyadagi turnirda o‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© NOKElnur Abduraimov provel finalniy boy
Elnur Abduraimov provel finalniy boy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iordaniyada o‘tgan litsenzion turnirda O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun 7 litsenziya, shuningdek, 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion turniri o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Turnirdagi so‘nggi jangda avstraliyalik Jastis Xyuniga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov kuchli zarbalari bilan raqibini taslim etdi va ushbu muvaffaqiyati bilan delegatsiyaning musobaqadagi ishtirokiga chiroyli yakun yasab berdi

“Shu tariqa Iordaniyada o‘tgan litsenzion turnir orqali terma jamoamiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yettita litsenziya, shuningdek, 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi va erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.

Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan bokschilar ro‘yxati:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov (bronza medal)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (oltin medal)
-63 kg: Elnur Abduraimov (oltin medal)
-69 kg: Bobousmon Baturov (bronza medal)
-91 kg: Sanjar Tursunov (bronza medal)
+91 kg: Bahodir Jalolov (oltin medal)
-51 kg: Tursunoy Rahimova

Yangiliklar lentasi
0