“Raqamli Toshkent:” Mirziyoyev yangi tizimlarni joriy etishni muhokama qildi

© Press-slujba"Sifrovoy Tashkent": prezident obsudil vnedrenie novix sistem
Sifrovoy Tashkent: prezident obsudil vnedrenie novix sistem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev ikki yil mobaynida 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy obyektni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “raqamli Toshkent” loyihasi bilan tanishdi va ko‘plab ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prospekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Qozoq kompaniyasi Toshkentdagi “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirishda yordam beradi

Ta’kidlanishicha, “raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev joriy yilda bolalar bog‘chasi, masofaviy ta’lim, shahar jamoat transportlari uchun yagona elektron chipta, qurilishni nazorat qilish, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu maqsadda Toshkent shahridagi 15 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11 ta ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.

“Dasturiy mahsulotlar uzluksiz va samarali ishlashi uchun infratuzilma zarurligi qayd etilar ekan, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.

Telekommunikatsiya infratuzilmasi “raqamli shahar” konsepsiyasining asosi ekanligini hisobga olib, ikki yil mobaynida 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy obyektni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.

“Raqamli Toshkent” loyihasini moliyalashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu jarayonda davlat-xususiy sheriklik asosida biznes doiralarning faol ishtiroki uchun sharoit yaratish kerakligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, ularni elektron shaklga o‘tkazish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0