Koronavirus Turkiyaga ham yetib keldi

Obuna bo‘lish
Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 76% dan ortig‘i davolanib, shifoxonalardan javob olishdi, 16 mingga yaqin bemor davolanmoqda.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Turkiya, Boliviya va Yamaykada birinchi koronavirus holati qayd etildi.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Koronavirusni Yevropadan qaytgan bir kishi Turkiyaga olib keldi. Turkiya SSV Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, fuqaro karantinga olindi. Shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Bemorning oila a’zolari va u bilan muloqot qilgan shaxslar – kuzatuvga olindi.

Umuman olganda, dunyoda yuz mingdan ortiq odam bu virusga chalindi, to‘rt ming kishi vafot etdi, 65 ming kishi sog‘ayib ketdi.

Shu bilan birga, Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda. O‘tgan kun davomida mamlakatda atigi 24 ta yangi holat aniqlandi, ulardan o‘ntasi chetdan kelgan fuqarolarda qayd etildi. Ayni paytda XXRda 80 mingdan ortiq bemor.

XXRda koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning 76% dan ortig‘i davolandi, 16 mingga yaqin bemor kasalxonalarda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0