TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda EF Education First kompaniyasi direktori Karl-Yoxann o‘rtasida Vestring anglashuv memoraundumi imzolandi. Bu haqda Innovatsiya, Texnologiya va strategiya markazi Axborot xizmati ma’lum qilmrus tilini oqda.
Memorandumda ko‘zlangan vazifalar har ikki tomon hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchilar bilimini baholash, o‘quvchi va o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etilishiga hamkorlik qiladi.
Qayd etish joizki, EF Education First kompaniyasi ingliz tili bo‘yicha turli o‘quv dastur, metodika va pedagogik yondashuvlarni taklif etuvchi dunyodagi yirik tashkilotlardan biridir.
Hozirda O‘zbekistonning ingliz tilini bilish darajasi 100 ga yaqin mamlakat ichida 95 o‘rinda ekanligi qayd etilgan. Kelajakda esa uni rivojlantirish uchun esa 60 mln $ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.