Xorijdan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun onlayn tizim ishga tushdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onlayn tizim orqali respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilganlar to‘g‘risida ma’lumot berib boriladi. 

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus vazirligi tomonidan yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi. Endilikda qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish natijalarini fuqarolar ushbu onlayn tarzida bilishlari mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Buning uchun tizimga fuqaroning pasport seriyasi va raqami kiritilishi lozim.

Joriy yilning 7-fevralidan 15-fevraligacha ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar hozirda test rejimida faoliyat yuritayotgan tizim orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

Shuningdek, arizalar 2020-yilning 15-mart sanasigacha qabul qilinadi.

Kelajakda esa mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ham arizalar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir  oz avval qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0