TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Semirib ketish bo‘yicha Yevropa Tibbiyot Instituti mutaxassislari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh rahbari Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel va Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning ovqatlanishini taqqosladilar, deb yozadi NEWS.ru.
Mutaxassislar ularning ovqatlanish tarzi va tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni taqqosladilar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, semirish darajasi 25,7 foizni tashkil etadigan Rossiyada davlat rahbari 67 yoshida havas qiladigan holatda, deya xabar beradi portal RIA Novosti va El Confidencial ga asoslanib.
Putin taomnomasidan yog‘siz go‘sht, baliq, mevalar, sabzavotlar, yorma va tuxum o‘rin olgan. Prezident chuqur qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilishga harakat qiladi. Spirtli ichimliklardan ko‘pincha bosh tortadi yoki vino va pivoni tanlaydi. Odatda u to‘yimli nonushta qiladi - ratsiondan omlet yoki xom bedana tuxumlari, xo‘l yoki quritilgan mevalar, tariq va oltoy asali qo‘shilgan grechkali bo‘tqa o‘rin oladi. Kechki ovqat, aksincha, yengil - sut yoki ivitilgan sut mahsulotlaridan iborat. Putinga yaxshi holatda bo‘lishga muntazam sport mashg‘ulotlari yordam beradi - u suzish, jang san’atlari, chang‘i sporti va xokkey bilan shug‘ullanadi.
Semirish darajasi 37,3%ni tashkil qiladigan AQSh prezidentida xolesterin bilan bog‘liq muammolar mavjud. Uning tana massasi indeksi semirishning birinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. 73 yoshda bo‘lgan Tramp fast-fud muxlisidir, uning taomnomasidan tuxum va pishloq, bekon va souslar qo‘shilgan sendvichlar, qovurilgan qanotchalar va kartoshka-fri, pissa, salqin ichimliklar va pishiriqlar o‘rin olgan. Amerika yetakchisi spirtli ichimliklar ichmaydi, asosan gazlangan ichimliklar va shokoladli kokteyllarni afzal ko‘radi. Yoshligida u beysbol va futbol bilan shug‘ullangan, ammo hozir kam harakatli hayot tarzini olib bormoqda.
Aholining semirib ketish darajasi 25,7 %ni tashkil qiladigan Germaniya kansleri 65 yoshida nemis oshxonasiga sodiqdir - masalan, kartoshka puresi va sousli sosiskalar, pishloqli fondyu va pivo, biroq u kechki ovqat uchun sabzavotlarni afzal ko‘radi. Merkelga tog‘ chang‘ilarida uchish xush yoqadi va ba’zan piyoda yurish bilan shug‘ullanadi, ammo sportga vaziyatga qarab e’tibor beradi.
Semizlik darajasi 27,1% bo‘lgan Ispaniya bosh vaziri 48 yoshida juda yaxshi formada. Sanches muvozanatlantirilgan O‘rta yer dengizi parheziga amal qiladi, ko‘katlar, salatlar, grilda pishgan go‘sht va baliqni ko‘p iste’mol qiladi. U to‘yimli nonushta qiladi, ko‘p suv ichadi. Spirtli ichimliklardan vijillab turadigan yoki qizil vinoni afzal ko‘radi. Bundan tashqari, siyosatchi haftada uch marta sport bilan shug‘ullanadi: yugurish va velosiped minish og‘ir jismoniy mashq qilish bilan almashib turadi.