Janubiy Osetiyalik vunderkind bola kompyuterdan tez hisoblaydi

Obuna bo‘lish
Denis Jabiyev Sxinvalda yashaydi. Ko‘rinishidan oddiy bolakay g‘aroyib iste’dodga ega - u murakkab matematik misollarni juda osonlikcha yecha oladi. Bu uchun unga sanoqli soniyalar kifoya.

Denis mental arifmetika bilan bir yarim yil oldin shug‘ullana boshlagan, bugun esa uchxonali sonli uzundan uzun misollarni osonlikcha yecha oladi.

Uchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda

2019 yilning dekabrida u mental arifmetika bo‘yicha to‘rt ming nafar yosh matematiklar o‘rtasida Kambodjada o‘tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan edi.

Bitta misolni yechish uchun yosh vunderkindga atigi ikki-uch soniya yetarli. Shubhaga o‘rin yo‘q - natija to‘g‘ri bo‘ladi!

Denisning aytishicha, mental arifmetikani o‘rganishi qiyinchilik tug‘dirmagan. U o‘z yutuqlari uchun "Yil odami - 2019" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mitti daho murakkab misollarni eng qisqa muddatda qanday qilib yechayotganini video lavhamizda tomosha qiling!

Yangiliklar lentasi
0