Shifokor vegetarianlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kasallik haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Avitaminoz - yangi sabzavot va mevalardan bosh tortadiganlar uchungina muammo sanalmaydi. Sputnik radiosiga bergan intervyusida allergolog-immunolog Vladimir Bolibok ushbu dardga vegetarian-parhez saqlash orqali ham chalinish mumkinligini aytdi.

Do‘konlarda har qanday ta’mli va cho‘ntakka maqbul mahsulotlar ko‘plab mavjud bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda ba’zi odamlar vitamin yetishmasligi (avitaminoz) kabi hozirgi kunda o‘ziga hos ekzotik hisoblangan muammoga duch kelishmoqda.

Bu qanday ro‘y berishi mumkin?

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok Sputnik radiosida bergan intervyusida, xavf ostida bo‘lganlar tananing ehtiyojlarini hisobga olmasdan o‘zboshimchalik bilan ovqat iste’mol qilishni cheklaydiganlardir. Ajablanarlisi shundaki, ular orasida ovqatlanishga katta e’tibor beruvchi odamlar - vegetarianlar bor.

Devushka v posteli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xavfli bo‘lishi mumkin: nevrolog xurrak otishning salbiy oqibatlari haqida

"Rossiyada vegetarianizm madaniyati rivojlanmagan. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, bizda ham vegetarianlarni ovqatlanish ratsioni bilan to‘liq ta’minlaydigan agrosanoat tarmog‘i yo‘q. Shu sababli, hayvonlardan olinadigan vitaminlar va minerallar yetishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin. Shunday holatlar uchrab turadiki, qizlar ortiqcha vazn yo‘qotish istagida turli vegetarian yoki past kaloriyali diyetalarga o‘tiradilar va buning natijasida muammolarga duch keladilar. Tahlillar kamqonlikkacha olib keladigan defitsitlarni ko‘rsatmoqda", - deydi shifokor.

Ushbu muammoni hal qilish juda oson. Vladimir Bolibok parhezshunos bilan maslahatlashishni tavsiya etadi: mutaxassis mahsulotlarni to‘g‘ri tanlashda yordam beradi.

Shifokor maslahati yildan-yilga bir xil mahsulotlarni iste’mol qiladigan "an’anaviy oziq-ovqatchilar"ga ham zarar yetkazmaydi.

"Oilalarimizda muammo bor - odamlar har kuni, har hafta, oydan oyga, yildan-yilga bir xil turdagi mahsulotlarni iste’mol qilib kelmoqda. Bu mahsulotlarda nimadir kam, nimadir ortiqcha. Agarda siz vaqti-vaqti bilan o‘z ratsioningizni o‘zgartirib, biron bir yangi narsani tanovul qilsangiz, u holda do‘kon javonlarida mavjud bo‘lgan mahsulotlar xilma-xilligi tanadagi vitaminlar yoki minerallarning aniq yetishmovchiligini bartaraf qilinishini ta’minlaydi", - deya tushuntiradi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0