“O‘zbekneftgaz” va “Lukoyl” hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie "Uzbekneftegaza" v Tashkente
Zdanie Uzbekneftegaza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” xabariga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi va “yangi yo‘li” belgilab olindi va “Yo‘l xaritasi” tuzildi.  

Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta rossiyskoy kompanii «LUKOYL” Vagita Alekperova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev “Lukoyl” rahbari bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

Unga ko‘ra;

-  “Lukoyl”  kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obe’ktlarini o‘rganish va ushbu obe’ktlarda raqamli texnologiyalarning qo‘llanishi bilan tanishish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi a’zolari Rossiyaning Perm o‘lkasiga tashrif buyuradi.

- “O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl”  kompaniyasi “Raqamli kon” konsepsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli “ERP” tizimini qo‘llashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

- Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona, “Ilmiy-o‘quv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi, ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qilgan edi. Uchrashuda yangi loyihalar muhokama qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0