Sport yulduzlari barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etishdi – video

Obuna bo‘lish
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mashhur sportchilar va faollar latofatli, nazokatli, mehribon ayollarni bayram bilan tabriklashdi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati Sputnik chempionlar bilan birgalikda betakror ayollar uchun kichik bir hadya tayyorladi.

Dzudo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, boksning ikki toifasi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev,  futbol bo‘yicha 11 karra mamlakat chempioni va milliy yosh terma jamoa murabbiyi Timur Kapadze hamda respublikada yugurish harakati asoschisi Andrey Kulikov, “Binokor” xokkey klubi direktori Abdumadjid Nasirov va “Stalnie skorpioni” motoklubi rahbari Mr.Mishel barcha aziz ayollar, mo‘’tabar onajonlar, muhtarama opa-singillarni chin qalbdan muborakbod etishdi.

Ularga go‘zal chehralaridan tabassum arimasligi, xonadonlarida hamisha tinchlik va baxtiyorlik hukm surishi, doimo sog‘-salomat bo‘lishlarini tilab, ezgu niyatlarini bildirishdi.

Biz ham, o‘z navbatida, munis ayollarimizga "Hamisha baxtimizga sog‘-omon bo‘ling. Hech qachon chehrangizdan tabassum arimasin. Yurt tinchligi va ravanqi, oila farovonligi yo‘lida ko‘rsatayotgan jasoratingiz so‘nmasin! Bayram muborak bo‘lsin, mehribon ayollar!" deya tilak bildiramiz.

Bayram tabrigi Sputnik lavhasida.

Yangiliklar lentasi
0