Rossiyada migratsiya sohasini katta islohot kutmoqda – asosiy takliflar

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021-yil martga qadar migratsiyaning yangilangan loyihasini taqdim etishni topshirdi. Rossiyada RVPni bekor qilish taklif qilinmoqda.

TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir yil ichida mamlakatning yangi migratsiya konsepsiyasini ishlab chiqarishni topshirdi. Davlat rahbarining tegishli farmoyishi Kreml saytiga joylashtirilgan.

Yangi hujjat Rossiyaning 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan davlat migratsiya siyosati kopsepsiyaning bir qismi bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi Rossiya migratsiya qoidalari yetarlicha bir shaklga keltirilmagan va ko‘p bandlari tushunarsizdir. Qolaversa, ushbu sohada raqamli texnologiyalar kam joriy etilgan.

Quyidagi asosiy islohatlarni amalga oshirish taklif qilinmoqda:

  • Rossiyada yashash guvohnomasini (VNJ) asosiy maqom deb belgilash. Guvohnomadan so‘ng chet ellik fuqarolikka da’vogar bo‘lishi mumkin;
  • vaqtincha yashash uchun guvohnomasini (RVP) bekor qilish;
  • fuqarolikka qabul qilishning uch turi tartibini belgilash: umumiy, soddalashtirilgan va maxsus;
  • maxsus tartib bo‘yicha qabul qilishda  prezident maxsus komissiya xulosalari asosida qaror qabul qiladi;
  • Rossiyaga viza olmasdan kirishi mumkin bo‘lgan chet elliklar uchun uzoq muddat bo‘lib turishning (bil yilda 90 kundan ortiq) yagona migratsiya rejimi belgilash;
  • Rossiyada uzoq muddat bo‘lib turish huquqini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari uchun davlat axborot tizimida akkauntga ega bo‘lishi shart etib belgilash. Unda biometrik ma’lumotlari, xavfli infeksiya kasallikligi yo‘qligini taqdim etishi talab qilinadi. Shuningdek, elektron axborotga ega yagona hujjatni olishlari kerak;
  • chet el fuqarolarini ishga yollamoqchi bo‘lgan ish beruvchilar bu haqdagi ma’lumotni davlat axborot tizimiga joylashtirishlarini shart etib belgilash. Ishchilarni bandlik organlari saralab oladi;
  • Rossiya uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydigan migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarga javobgarlikka tortilmasdan uni qonuniy rasmiylashtirish imkonini beradigan nizom ishlab chiqish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda senatorlar yangi tahrirdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gini ma’qulladilar. Mazkur qonun loyihasida 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan. Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0