Estoniya prezidenti koronavirusga tahlil topshirdi – natijasi ayon

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Estonii Kersti Kalyulayd
Prezident Estonii Kersti Kalyulayd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Estoniya rahbari AQShda amerika-isroil ko‘mitasi kongressida qatnashdi. Biroz o‘tib tadbir tashkilotchilari kongressning ikki a’zosida koronavirus aniqlanganini xabar qilishdi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd AQShdan qaytgandan so‘ng koronavirusga topshirgan tahlili manfiy natijani ko‘rsatganini ma’lum qildi.

“Bugun ma’lum bo‘lishicha, delegatsiyaning barcha a’zolarining tahlillari manfiydir. Shunday ekan kelgusi hafta ish odatdagi rejim bilan davom etadi”, - deya yozgan Kalyulayd Facebook᾽da.

Estoniya rahbari AQShda Vashingtondagi AIPAC jamoat aloqalari bo‘yicha amerika-isroil ko‘mitasi kongressida qatnashdi. Juma kuni tadbir tashkilotchilari kongressning ikki a’zosida koronavirus aniqlanganini xabar qilishdi. Kalyulayd tashqari kongressda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens va AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo qatnashgan.

COVID-19

2020 yilning 8-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 106 mingdan oshgan. Koronavirus 70 dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3600 kishi vafot etgan va salkam 60 ming kishi esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0