TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Bobousmon Baturov birinchilardan bo‘lib Tokio-2020 litsenziyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Baturov Iordaniya poytaxtidagi boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
“Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz 3 raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu g‘alaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim qildi”, - deyiladi xabarda.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyaning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga yana 4 nafar bokschi ko‘tariladi.