O‘zbekiston 10-yil oldin mamlakatdan olib chiqib ketilgan Aleksandr Volkovning asarini (Kukuruza shumit) restitutsiya jarayonini boshlashga tayyor. 2016-yil Farg‘ona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyida saqlanayotgan asarlarning tanlanma inventarizatsiyasi o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ishchi guruh a’zolarida O‘zbekiston rassomi Aleksandr Volkovning mashhur asari shubha uyg‘otdi.
Ushbu holat yuzasidan respublikaning vakolatli organlar tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari hozirgacha davom etmoqda.
Madaniyat vazirligi xalqaro institutlarni jalb qilgan holda asarning restitutsiyasini jarayonini amalga oshirish borasida ish olib bormoqda. Tegishli muassasalarga xat yuborilgan.
Rossiyalik san’atshunosning fikriga ko‘ra, dunyoda madaniy boyliklarni qaytarish jarayoni murakkab bo‘lsa-da, ma’lum mexanizmlar ishlab chiqilgan. Asosiysi - asarni soxtalashtirish va o‘g‘irlash faktini rasmiy tasdiqlash zarur.
“Madaniy boyliklar egasiga qaytarilishi kerak, asosiysi ular noqonuniy ravishda olib chiqilganligini isbotlash zarur. Volkovning asari holatida san’atshunoslik ekspertiza natijalari, shuningdek, asarning asl nusxasining olib chiqilishini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi. Turli mamlakatlarda madaniy boyliklarning o‘ziga xos mezonlari mavjud, ularning asosida olib chiqiladi. Ba’zi eksponatlar uchun, masalan 50 dan 100-yilgacha bo‘lganlar uchun Rossiyada maxsus ruxsatnoma talab qilinadi, agar asar 100-yildan katta bo‘lsa, uni olib chiqish mutlaqo taqiqlanadi”, - deb tushuntirdi Mindlin.
Mutaxassis agar asar yo‘qolgani haqida rasmiy ravishda ma’lum qilinsa, asar haqida ma’lumot xalqaro huquq tartibot organlariga beriladi deb ta’kidladi.
Ekspertning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkast orqali tinglashingiz mumkin.