Rossiyada dollar keskin ko‘tarildi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada dollar va yevro kurslari 2019-yil yanvar ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. Koronavirus tarqalishi jahon iqtisodiyoti o‘sish suratlarini sekinlashish xavflari borasida bozorlar tashvishlarini kuchaytirdi

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Dunyo bozorlarida investorlar xatarlardan qochishi fonida rubl dollar va yevroga nisbatan pasayishini kuchaytirmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Bir xil seriyali dollar: Toshkent aeroportida soxta pul aniqlandi - foto

Moskva birjasida AQSh valyutasi 57 tanga (kopeyka) ko‘tarilib, 68,19 rublni tashkil qildi. Yevro 1,12 rublga ko‘tarildi va 77,02 rublni tashkil qildi. Bu 2019-yil yanvar oyidan buyon bo‘lgan eng maksimal ko‘rsatkich.

Rossiya Markaziy banki dam olish kunlari uchun belgilangan rasmiy kurslariga ko‘ra, dollar 1,3 rublga ko‘tarildi va 67,5 rublni tashkil qildi, yevro esa 2,1 rublga ko‘tarilib, 75,84 rublni tashkil qildi.

Koronavirus tarqalishi jahon iqtisodiyoti o‘sish suratlarini sekinlashish xavflari borasida bozorlar tashvishlarini kuchaytirdi. Karantin choralari birinchi navbatda Xitoy korxonalar, yetkazib berish zanjiri, talab va turizmga ta’sir qilgan bo‘lsa, ammo endi kasallik Yevropa bo‘ylab tarqalmoqda.

Yangiliklar lentasi
0