“Tuzini yeb”: Farg‘onada mehmon Spark mashinasini olib qochdi

Obuna bo‘lish
Farg‘onadagi uylardan biriga mehmon bo‘lib kelgan 26 yoshli fuqaro uy egasining oq rangli Spark mashinasini olib qochdi va mashinaning diskalarini pullab yubordi.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Farg‘ona shahridada fuqaroning uyiga mehmon sifatida kelib, uning Spark mashinasini olib qochgan shaxs ushlandi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Sharof Rashidov ko‘chasida uylardan biriga mehmon bo‘lib kelgan 26 yoshli E.R. uy egasi 28 yoshli A.A.ning boshqa xonaga kirganligidan foydalanib, uning oq rangli Spark mashinasini olib qochgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatchi “Neftchilar” o‘yingohi oldida ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u avtomashinaning 4 dona quyma diskasi va shinalarini 120  dollar hamda 480 ming so‘mga sotib yuborgan. Avtomashinaga eski turdagi shinalar o‘rnatgan. Ular ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. E.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0