TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Arktika qit’asi ustida ozon qatlami keskin kamayib xavfli darajalarga yaqinlashmoqda, xabar qilmoqda RIA Novosti “Rosgidromet” mutaxassislariga asosan.
Arktika ustida, Stratosfera qatlamida 2020-yilning mart-aprel oylarida ozon qatlamining keskin kamayishi kuzatilmoqda. Fevral oyining oxirida ozon qatlamining umumiy zichligi ko‘p yillik miqdorga nisbatan kamayishi (OSO) Sharqiy Sibir ustida OSO kamayish miqdori - 30-40 Dobson birligiga yetdi.
Dobson birligi ozon qatlamida ozon teshigi bor yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi. OSO miqdori 220 Dobson birligidan kam bo‘lganda – ozon teshigi bor hisoblanadi.
Mutaxassislar xabariga ko‘ra, shimoliy yarim sharda ozon tuynugi paydo bo‘lishiga bu yil ushbu hudduda kuzatilgan ekstremal past havo harorati (-78 gradus) hamda stratosfera bulutlari ko‘pligi sabab bo‘lgan.
“Ozon qatlamining buzilishi Yer ustida ultrafiolet radiatsiyasining ortishiga olib kelishi mumkin. bu inson sog‘lig‘i uchun juda xavfli”, - deyishdi olimlar.
Rosgidromet olimlari ma’lumotiga ko‘ra, 2011-yilda sodir bo‘lgan ozon qatlamining buzilishi shimoliy yarim sharda, jumladan Moskvada UF-radiatsiya darajasi oshishiga olib kelgan. Arktika hududida ozon qatlamining keskin buzilishi 2011, 2016, 2005, 1997 va 1996-yillarda kuzatilgan.
Ozon qatlami insoniyatni va barcha tirik mavjudotlarni quyosh radiatsiyasidan himoya qiluvchi yagona vositadir. Agar ozon qatlami yo‘q bo‘lib ketsa quyosh Yer sharini Marsga o‘xshagan tirik jon mavjud bo‘lmagan cho‘lga aylantirib yuborishi mumkin. Bir necha million yil oldin shunga o‘xshash fojea sodir bo‘lgan va Yerdagi barcha jonzotlar qirilib ketgan.